Asosiy qismga o‘tish

Toshkentda ishlab chiqariladi

Mebel — aynan sizning o‘lchamingizda

Kenglik, balandlik, chuqurlik va materialni tanlang — narx shu zahoti chiqadi. Buyurtmani mahalliy fabrika tayyorlaydi va uyingizga yetkazadi.

  • Millimetrgacha aniq o‘lcham
  • Narx darhol, yashirin to‘lovlarsiz
  • Mahalliy fabrikalar
1 800 mm2 200 mm600 mm

Qanday ishlaydi

To‘rt qadam: ekrandagi loyihadan uyingizdagi mebelgacha.

  1. 1

    Sozlang

    Mahsulotni tanlang, o‘lcham, bo‘limlar va rangni o‘zgartiring. 3D ko‘rinish va narx darhol yangilanadi.

  2. 2

    To‘lang

    Buyurtmani ilovada tasdiqlang va karta orqali xavfsiz to‘lang. Narx buyurtma paytida qotiriladi.

  3. 3

    Fabrika tayyorlaydi

    Detallar aniq o‘lchamda kesiladi, chetlanadi va teshiladi. Holatni ilovada kuzatasiz.

  4. 4

    Yetkazib beramiz

    Tayyor mebel qadoqlanib uyingizga yetkaziladi. Kerak bo‘lsa, yig‘ib ham beramiz.

Panelo Studiya

Tayyor modul yoki o‘z konstruksiyangiz

Studiyada oshxona va kiyim xonasini modullardan yig‘ing yoki shkafni noldan, bo‘limma-bo‘lim loyihalang. Hisob-kitob va 3D ko‘rinish bir joyda.

  • Modullarni joylashtirish va ulash
  • Bo‘limlar, tortmalar va eshiklar
  • Ishlab chiqarishga tayyor hisob

Ustalar va dizaynerlar uchun

Siz loyihalaysiz — biz ishlab chiqaramiz

Mebel ustalari va dizaynerlar mijozlari uchun buyurtmalarni Panelo orqali beradi: aniq kesish ro‘yxati, fabrikada sifatli ishlov va o‘z vaqtida topshirish.

Ilovada usta rejimini yoqish
  • 01Ustalar narxlari va qo‘shimcha parametrlar
  • 02Buyurtma holatini real vaqtda kuzatish
  • 03Ombor, stanok va ishchilarsiz ishlab chiqarish

Ko‘p beriladigan savollar

Narx qanday hisoblanadi?

Narx detallar, materiallar, furnitura va ishlov berishdan aniq hisoblanadi. Siz ko‘rgan summa buyurtma paytida qotiriladi.

Buyurtma qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?

Muddat mahsulot va fabrikaga bog‘liq. Taxminiy tayyor bo‘lish sanasi buyurtmada ko‘rsatiladi va ilovada kuzatiladi.

Qayerlarga yetkazasiz?

Hozircha Toshkent shahri bo‘ylab. Boshqa shaharlar keyinroq qo‘shiladi.

Mebelni yig‘ib berasizmi?

Ha, buyurtma vaqtida yig‘ish xizmatini tanlashingiz mumkin. Har bir mebel bilan yig‘ish bo‘yicha qo‘llanma ham beriladi.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Ilovada karta orqali (Uzcard, Humo va boshqalar) xavfsiz to‘lov sahifasida. Har bir to‘lov uchun fiskal chek beriladi.

Men ustaman. Panelo menga qanday foydali?

Mijozingiz uchun loyihalang, buyurtmani ilovadan bering — kesish, chetlash va teshishni hamkor fabrika bajaradi.

Ilovani yuklab oling

App Store’da yuklab olingtez oradaGoogle Play’da yuklab olingtez orada